«PSJ» klubi vinger Xvicha Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Gruziyalik futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2029-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Yangi shartnomada futbolchining maoshini oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, «PSJ» braziliyalik himoyachi Markinos bilan ham shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Klub futbolchining o‘yinlaridan mamnun va so‘nggi haftalarda uning vakillari bilan bu masalani muhokama qilgan.
Klubning yana bir ustuvor vazifasi Usmon Dembele bilan kelishuvni uzaytirish hisoblanadi. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Dezire Due ham jamoa bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin. Fransiyalik futbolchi bilan muzokaralar bir necha hafta oldin boshlangan, ammo jarayon Dembele va Kvaratsxeliya bilan bo‘lganidek tez rivojlanmayapti. Shu sababli ushbu masala ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi