Ispaniyalik hujumchi Ferran Torres "PSJ" futbolchisiga aylandi. Bu haqida parijliklar rasmiy sayti xabar berdi.
26 yoshli forvard bilan shartnoma 2031 yil yozigacha mo'ljallangan. Torres yangi jamoasida 9-raqam ostida to'p tepadi.
Ma'lumot o'rnida, Ferran 2022 yil yozidan "Barselona" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U kataloniyaliklar safida 207 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urdi va 23 ta assist amalga oshirdi.
Bunga qadar hujumchi "Manchester Siti" va "Valensiya" klublarida ham to'p tepgan. Transfermarkt portalida hozirda futbolchining narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq "PSJ" "Ayaks" vingeri transferi bo'yicha ham kelishuvga erishgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi