Live
12
O'zbek

Lukaku «Fenerbahche» muxlislariga va’da berdi: «Faqat gollar bilan cheklanib qolmayman»

Futbol
15 avgust, 06:42
Belgiyalik hujumchi Turkiyaga moslashish uchun turk tilini o‘rganishni rejalashtirmoqda.
Lukaku «Fenerbahche» muxlislariga va’da berdi: «Faqat gollar bilan cheklanib qolmayman»
Foto: Getty Images

Romelu Lukaku «Napoli»dan «Fenerbahche»ga o‘tganidan so‘ng yangi jamoasi muxlislariga murojaat qildi. Belgiyalik hujumchi faqat gollar urish bilan cheklanib qolmasligini, jamoa va muxlislar bilan yaqinroq aloqa o‘rnatishni istayotganini aytdi.

«Menimcha, dushanba kuni darslarni boshlayman. Turk tilini o‘rganmoqchiman. Faoliyatim davomida har bir klubda odamlar bilan muloqot qila olishni xohlaganman. Umid qilamanki, uch-to‘rt oy ichida turk tilida gaplasha olaman. Bu oson bo‘lmaydi, ammo qo‘limdan kelganini qilaman», — dedi Lukaku «Fenerbahche»ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Belgiyalik futbolchi transfer nihoyat amalga oshganidan xursand ekanini ham ta’kidladi.

«Bu transferni bir oydan beri kutayotgandim. Bu yerda bo‘lish men uchun sharaf. Men buni uzoq vaqt davomida xohlagandim», — dedi hujumchi.

Lukakuning Turkiya bilan aloqasi oilasi tarixi bilan ham bog‘liq. Uning otasi 1996 yilda Turkiyada futbol o‘ynagan.

«Otam 1996 yilda Turkiyada o‘ynagan. Shu sababli bu go‘zal mamlakat men uchun ikkinchi uydek. O‘sha kunlarni hali ham yaxshi eslayman. Aynan o‘sha paytda professional futbolchi bo‘lishni xohlaganimni anglaganman», — dedi Lukaku.

Shuningdek, uning akasi Jordan ham Turkiyada futbol o‘ynagan. Lukaku faoliyatida Turkiyadagi yagona bahsini aynan «Fenerbahche»ning uy stadionida o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Romelu Lukaku «Fenerbahche»ga «Napoli»dan ko‘chib o‘tdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar