«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku «Fenerbahçe»ga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli belgiya futbolchisi va Turkiya klubi o‘rtasida ehtimoliy transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishilgan. Endi «Fenerbahçe» «Napoli» bilan muzokaralar olib bormoqda.
Istanbul klubi hujumchi uchun allaqachon birinchi taklifni bergan, bu taxminan 6 million yevroga teng ekani aytilmoqda. Shunga qaramay, «Napoli» Lukaku uchun 12 million yevro olishni kutmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, belgiya futbolchisining Neapol klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq Lukaku faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.