Bugun
46
O'zbek

Messiga jahon chempionati vaqtida suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan — manba

Futbol
9 avgust, 23:00
Shuningdek, Ronaldu ham suiqasd qurboni bo‘lishi mumkin edi.
Messiga jahon chempionati vaqtida suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan — manba
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messiga jahon chempionati vaqtida suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, suiqasd bir nechta shaharda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan. Xabarlarda Dallas, Atlanta va Hyuston nomi tilga olingan.

Muvaffaqiyatsiz yakunlangan suiqasdlar haqidagi ma’lumotlarni Federal tergov byurosi (FBI) oshkor qilgan. Biroq gumondorlar o‘zlariga ko‘proq e’tibor jalb qilishni istagan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu ham suiqasd qurboni bo‘lishi mumkin edi. FBI ma’lumotiga ko‘ra, Hyustonda aynan unga suiqasd tayyorlagan shaxs qo‘lga olingan.

Avvalroq Lionelning otasi Xorxe Messi vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar