Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) 15-iyulni rasmiy ravishda Milliy futbol jamoalari kuni deb e'lon qildi. Bu sana 2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya ustidan irodali g'alaba qo'lga kiritgan milliy terma jamoa sharafiga belgilandi.
AFA bayonotiga ko'ra, mazkur qaror faqat erkaklar milliy terma jamoasining muvaffaqiyatini emas, balki mamlakat futbolidagi barcha yo'nalishlarni e'tirof etishga qaratilgan. Yangi sana erkaklar, ayollar, yoshlar, futzal, plyaj futboli hamda maydon futboli terma jamoalarining yutuqlarini ham o'zida mujassam etadi.
2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentina Angliyaga qarshi uchrashuvda irodali g'alaba (1:2) ga erishgan edi. Jamoa dastlab hisobda ortda borayotganiga qaramay, uchrashuv so'ngida Enso Fernandes va Lautaro Martines urg'an gollar evaziga vaziyatni o'z foydasiga o'zgartirgan.
AFA ushbu sana mamlakat futboli tarixi uchun muhim ramziy ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Federatsiya fikricha, Milliy futbol jamoalari kuni barcha terma jamoalarning yutuqlarini nishonlash, yangi avlod futbolchilarini ruhlantirish va Argentina futbolining birligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Buyuk Britaniya o'rtasida Folklend (Malvina) orollari ustida 44 yildan buyon siyosiy qarama-qarshilik saqlanib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi