«Kristal Pelas» klubi Yaponiya milliy jamoasi himoyachisi Takehiro Tomiyasu bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi.
Futbolchi erkin agent maqomida «burgutlar» safiga kelib qoʻshildi. Endilikda u «Kristal Pelas»da 17-raqam ostida toʻp tepadi.
Biroq shartnomaning muddati va moliyaviy shartlari hozircha oshkor etilmagan.
Ishni boshlashni intiqib kutyapman. Bu klub hozir juda yaxshi holatda. Oxirgi ikki mavsumda uchta sovrin yutib oldi. Men aynan shunday jamoada oʻynashni istayman, — dedi Tomiyasu.
Eslatib oʻtamiz, «Kristal Pelas» oʻtgan mavsum Angliya Premer-ligasini 15-oʻrinda yakunlagan.
Takehiro esa avvalroq «Arsenal» safida toʻp tepgan, oʻtgan mavsumning ikkinchi qismini esa «Ayaks» klubida oʻtkazgan.