Live
1
O'zbek

Bulka "Marsel"ga o'tishi mumkin

Futbol
7 avgust, 11:15
Darvozabonning amaldagi shartnomasi saudiyaliklar bilan 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Bulka "Marsel"ga o'tishi mumkin
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining "Neom" klubi darvozaboni Marcin Bulka faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Marsel" asosiy darvozaboni Xeronimo Ruli yaqin kunlarda "Manchester Siti" ga o'tishi kutilmoqda.

Shu bois Fransiya klubi polshalik 29 yoshli kiperni argentinalik hamkasbi o'rnini bosadigan asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, "Marsel" allaqachon "Neom" klubiga Bulkani ijaraga olish bo'yicha rasmiy taklif yuborgan. Darvozabonning amaldagi shartnomasi saudiyaliklar bilan 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Marcin faoliyati davomida "PSJ", "Nitsa", "Kartaxena" va "Shatoru" klublari sharafini ham himoya qilgan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
Bugungi yangiliklar