«Real» Rodri transferi amalga oshmaganidan keyin tayanch yarim himoyachi sotib olish rejasidan voz kechdi. Ispaniyaning Cope.es nashrining yozishicha, klub rahbariyati mavjud tarkib yangi mavsum vazifalarini bajarish uchun yetarli, deb hisoblamoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Rodri «Barselona»ni tanlashga qaror qilgani haqida «Real» rahbariyatini shaxsan o'zi xabardor qilgan. Jahon chempionati tugagach, madridliklar futbolchiga birinchi bo'lib taklif bilan chiqqan edi va dastlab transfer amalga oshishi mumkin, degan fikr ustunlik qilgan. Biroq keyinchalik ispaniyalik yarim himoyachi qarorini o'zgartirib, kataloniyaliklar loyihasini ma'qul ko'rgan.
Nashrning ta'kidlashicha, «Real»da futbolchining qarori hurmat bilan qabul qilingan. Klubda «o'zi o'ynashni istamaydigan futbolchini taklif qilishdan ma'no yo'q», degan pozitsiya ustuvor hisoblanadi. Shu bois Rodri varianti yopilganidan keyin rahbariyat boshqa tayanch yarimhimoyachi qidirishga ham ehtiyoj ko'rmayapti.
Madridliklar jamoada bu pozitsiyada o'ynay oladigan futbolchilar yetarli, deb hisoblamoqda. Nashr yozishicha, bosh murabbiy Joze Mourino markaziy yarim himoyada Bernardu Silvadan foydalanishni rejalashtirgan. Portugaliyalik futbolchiga bu chiziqda harakat qila oladigan boshqa yarim himoyachilardan biri sherik bo'lishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi