«Real» safiga o'tgan Yan Diomande «Leyptsig» muxlislari bilan hayrlashdi. Ivuarlik 19 yoshli futbolchi 125+15 million yevro evaziga «qaymoqranglilar» safini to'ldirgandi.
«Leyptsigdan behad minnatdorman. Klub va uning rahbariyati bir yil avval menga ishondi, garchi o'sha paytda professional darajada atigi bir nechta o'yin o'tkazgan bo'lsam ham. Ular menga imkoniyat berishdi va eng yuqori saviyada o'zimni ko'rsatishimga sharoit yaratishdi. Shu yerda men Yevropaning eng kuchli chempionatlaridan birida o'z o'rnimni topdim, Kot-d'Ivuar milliy jamoasidan joy oldim va mamlakatim sharafini jahon chempionatida himoya qilish baxtiga muyassar bo'ldim. Bularning barchasi «Leyptsig»siz amalga oshmas edi va buning uchun doimo minnatdor bo'lib qolaman. «Real»ga o'tish — bolalikdangi orzuimning ushalishidir. Shuning uchun ham shartnomam amalda bo'lishiga qaramay, bu transferning amalga oshishiga ruxsat bergan «Leyptsig» rahbariyatiga alohida rahmat aytaman.
Muxlislarga ham cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Ilk kundanoq ko'rsatgan qo'llab-quvvatlashingiz, menga bo'lgan ishonchingiz va mehringiz men uchun beqiyos ahamiyatga ega bo'ldi. Buni so'z bilan ifoda etish qiyin.
Bugun hayotimning yangi sahifasi ochilmoqda. Hayrlashish har doim og'ir, ammo oldinda meni kutayotgan yangi chaqiriqlarni intizorlik bilan kutyapman. «Leyptsig»da o'tkazgan davrimni esa doimo katta faxr bilan eslayman. Bu klub qalbimda hamisha alohida o'rin tutadi. Men uning kelajakdagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib boraman. Kim biladi, balki bir kuni yana Chempionlar ligasida uchrasharmiz», — deb yozdi Diomande.