“Milan” “Galatasaroy”ning Rafael Leau bo‘yicha taklifini rad etdi.
Jurnalist Yağız Sabuncioğluning ma'lum qilishicha, Turkiya klubi portugaliyalik vinger uchun 35 million yevro taklif qilgan, ammo italiyaliklar bu taklifga rad javobini bergan. “Rossoneri” futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
Leau o‘tgan mavsumda A Seriyada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urg‘an va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Ma'lumot uchun, Rafa faoliyati davomida “Lill” va “Sporting” klublarida ham o‘ynagan.
“Milan” Leau transferi bo‘yicha “Galatasaroy”ning 35 mln yevrolik taklifini rad etdi
Futbol
6 avgust, 23:05
A Seriya klubi portugaliyalik vinger uchun qancha so‘rayotgani ma'lum.
Foto: Getty Images