"Manchester Siti" yarimhimoya markazini kuchaytirish uchun "Chelsi" futbolchisi Enzo Fernandesni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Rodri katta ehtimol bilan "shaharliklar"ni tark etadi. Klub uning "Barselona" bilan yakuniy kelishuvga erishishini kutmoqda va shu sababli yangi markaziy yarim himoyachi izlashni boshlagan.
"Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska aynan Enzo Fernandesni jamoasida ko'rishni istamoqda. Mutaxassis argentinalik futbolchi bilan avval "Chelsi"da birga ishlagan va ular o'rtasida yaxshi tushunish bo'lgan.
Biroq transferni amalga oshirish oson bo'lmaydi. "Chelsi" Enzo Fernandesni sotishni istamayapti.
Ma'lumot uchun, Enzo 2023 yilning qishidan beri "ko'klar" sharafini himoya qilmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi bitimi 2032 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.