«Monako» yarimhimoyachisi Magnes Akliush «PSJ»ga o'tganidan keyin Parij klubi bilan shartnoma imzolaganidan so'nggi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
«PSJ» bilan shartnoma imzolash men uchun ulkan faxr. Men Parij mintaqasida voyaga yetganman va bunday nufuzli klubga o'tish men hamda oilam uchun juda katta ahamiyatga ega. Menga bildirilgan ishonch uchun prezident, Luish Kampush va Luis Enrikega, shuningdek, shu yo'lda meni qo'llab-quvvatlagan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.
Bu libosni kiyishni, ushbu buyuk klubda yanada rivojlanishni va muxlislarimiz oldida «PSJ» sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuchimni sarflashni intiqib kutyapman», — dedi Akliush «PSJ» rasmiy saytiga.
Ma'lumot uchun, Akliush «Monako» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2022 yilning yozidan buyon to'p surib kelayotgan edi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.