"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Malorka"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu o‘yinga obyektiv baho berish qiyin. Birinchi bo‘lim qiziqarli o‘tdi. Biz xato qildik va bu raqibning ikkinchi goliga sabab bo‘ldi. Shundan keyin o‘yin ancha qiyinlashdi.
Shunga qaramay, ko‘rganlarimdan mamnunman. Akademiyamizdan bir nechta yosh futbolchilar juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.
Bu bahsda jismoniy holatimizni yaxshilash ustida ishladik. Albatta, bu biz istagan natija emas, ammo futbol shunday.
"PSJ"ga qarshi o‘ynash har qanday jamoa uchun katta motivatsiya hisoblanadi. Bu tabiiy holat. Hozir mavsumoldi tayyorgarlikning birinchi haftasini o‘tkazyapmiz va tarkibimizda akademiyadan chiqqan ko‘plab futbolchilar bor.
Ular juda yosh futbolchilar. Men ularning ham mahoratini, ham ruhiy tayyorgarligini alohida ta’kidlamoqchiman.
Uch kundan keyin yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazamiz. Milliy jamoalari safida o‘ynagan futbolchilarimiz qaytib kelgach, jamoamizga haqiqiy baho berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz", — dedi Luis Enrike.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi