Yevropaning top jamoalari mavsumoldi tayyorgarlik vaqtidagi o‘rtoqlik bellashuvlarini o‘tkazmoqda.
«Arsenal» Irlandiyada «Betis»ga qarshi o‘ynab, 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. London klubi safida yagona gol Pero Inkapiya hisobiga yozildi. Ispaniya klubidan esa Rikelme, Deossa va Fornals gollarga mualliflik qildi.
«PSJ» klubi esa «Malorka»ga qarshi bahs yuritdi. Unda Segunda vakili 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Luvumbu, Virxili va Railo gollarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
«Napoli» Pamplonada «Osasuna»ga qarshi o‘ynab, 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
Arsenal – Betis 1:3
Gollar: Inkapiya 32 – Rikelme 9, Deossa 26, Fornals 43
Malorka – PSJ 3:0
Gollar: Luvumbu 21, Virxili 40, Railo 51
Napoli – Osasuna 2:1
Gollar: Politano 27, Lukka 53 – Budimir 66
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi