Yan Koutu Dortmundning "Borussiya"sidan "Komo"ga o'tdi.
Italiya klubi 24 yoshli himoyachi bilan ijara asosida shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Sky Sport jurnalisti Patrik Berger ma'lumotlariga ko'ra, "Komo" ijara uchun 3 million yevro to'laydi va braziliyalik futbolchini 22 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, italyanliklar Koutuning kelasi mavsumdagi 5 million yevro miqdoridagi maoshini to'liq qoplaydi.
2025/26 yilgi mavsumda Yan Bundesligada 19 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va yana 2 ta golli uzatma amalga oshirdi, 4 bor sariq kartochka oldi.
Yan Koutu — "Komo" futbolchisi
Futbol
6 avgust, 22:20
A Seriya klubi braziliyalik himoyachini "Borussiya D"dan ijaraga oldi.
Foto: Como