Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Yan Koutoning «Komo»ga transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishildi.
Bitimga ko‘ra, Italiya klubi futbolchini 2 million yevro evaziga ijaraga oladi. Shuningdek, shartnomada 20 million yevrodan ortiq summaga sotib olish huquqi ham mavjud.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik qanot himoyachisi chorshanba kuni Italiyaga yo‘l olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Yan Kouto 2025 yilda «Manchester Siti»dan Dortmundning «Borussiya»siga ko‘chib o‘tgan edi.