Bugun
11
O'zbek

«Real» ikki transfer uchun 180 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaydi

Futbol
5 avgust, 01:15
Madrid klubi Diomande va Rodrini yozning eng qimmat transferlariga aylantirmoqchi.
«Real» ikki transfer uchun 180 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaydi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yaqin kunlarda ketma-ket ikkita yirik transferni rasman e’lon qilishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» avvalo «Leypsig» vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib oladi. Shundan so‘ng asosiy e’tibor «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrini transfer qilishga qaratiladi.

Manbaga ko‘ra, ushbu ikki transferning umumiy qiymati 180 million yevrodan oshadi.

19 yoshli kot-d’ivuarlik Yan Diomande uchun «Real» 120 million yevrodan ortiq, Rodri uchun esa 50–60 million yevro atrofida mablag‘ to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, «Real» joriy transfer oynasida allaqachon Denzel Dyumfris, Ibraima Konate, Bernardu Silva, Mark Kukurelya va Karlos Espini o‘z safiga qo‘shib oldi. Jamoani iyun oyidan buyon portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar