Bugun
11
O'zbek

«Orol» rossiyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
5 avgust, 03:15
Qoraqalpog‘iston klubi Yevgeniy Kozlov bilan shartnoma imzoladi.
«Orol» rossiyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
Foto: Getty Images

«Orol» yozgi transfer oynasidagi navbatdagi transferini amalga oshirdi. Klub rossiyalik futbolchi Yevgeniy Kozlov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Futbolchi yil boshidan buyon Qirg‘izistonning «Bishkek Siti» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Endilikda u O‘zbekiston Pro-ligasida «Orol» safida to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Kozlov faoliyati davomida Rossiyaning «Vityaz», «Rubin», «Volga» va «Zenit-2» klublari, Latviyaning «Spartaks» va «Ventspils», Belarusning «Shaxtyor», Qozog‘istonning «Akjayik», «Qiziljar», «Atirau» va «Shaxtyor», shuningdek, Qirg‘izistonning «Abdish-Ata» hamda «Bishkek Siti» jamoalarida o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aral Aral
Bugungi yangiliklar