Bugun
11
O'zbek

Kannavaro: "Aliqulov rejalarimni o'zgartirib yubordi"

Futbol
5 avgust, 05:00
O'zbekiston bosh murabbiyi mundialda 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashga majbur bo'lganini aytdi.
Kannavaro: "Aliqulov rejalarimni o'zgartirib yubordi"
Foto: UFA

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionatida 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashga majbur bo'lganini aytib o'tdi.

«Ochiqini aytsam, Aliqulov mening mundial oldidan o'ylab qo'ygan rejalarimni o'zgartirib yubordi. Uning jarohati sabab taktik o'zgartirishga qo'l urmaslikka qaror qildim.

Men shu paytgacha faqatgina «Udineze»da 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynaganman. Qolgan barcha ishlagan jamoamda asosan 2 nafar markaziy himoyachi maydonga tushardi.

Asosiy taktik sxemam 4-3-3 ko'rinishida bo'lgan. Bizda 4 himoyachi bilan o'ynash hujumdagi imkoniyatlarimizni ham oshiradi.

Shuningdek, Osiyoda ham Portugaliya yoki Kolumbiya darajasidagi jamoalar yo'q. Shunday ekan, falsafiy qarashlarimizni rivojlantirgan holda shu yo'sinda davom etishimiz kerak.

Sentyabr oyida barcha yosh toifasidagi murabbiylar bilan uchrashishni reja qilganman. Sababi, futbolchilarimizga bolaligidan qanday futbol o'ynash kerakligini tushuntirib borish muhim», — dedi O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.

Avvalroq Kannavaro mundialda barcha darvozabonlarga imkon berishni istagani haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar