O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tarkibda yoshartirish ishlari boshlanishi haqida gapirib o‘tdi.
«Bundan keyin futbolchilarni oldingi xizmatlari uchun tarkibga kiritmayman. Bu men uchun o‘ziga xos dars bo‘ldi.
Masalan, men jahon chempionati saralash bosqichidagi xizmatlari uchun ko‘plab futbolchilarni olib ketishga qaror qilgandim. Endi milliy jamoani yoshartirishni boshlaymiz.
Oldinlari milliy jamoada 22-23 nafar futbolchi tanlab olinardi va o‘sha tarkib bilan yig‘in o‘tkazilardi. Boshqa futbolchilarda esa milliy jamoada to‘p tepish uchun deyarli imkon bo‘lmagan.
Shunga qaramay, mening qarashlarim boshqacha. Men barchaga imkoniyat beraman, hatto u 17 yoshda bo‘lsa ham», — dedi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.
Avvalroq Kannavaro Aliqulov rejalarini o‘zgartirib yuborgani haqida gapirib o‘tgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi