O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro futbolchi Jaloliddin Masharipov atrofidagi vaziyat haqida gapirib o'tdi.
«Men Masharipovni mundialdan oldingi holatiga qarab, uni jahon chempionatiga olib borishga qaror qilgan yagona ahmoq murabbiy bo'lsam kerak.
Chunki biz uning qanday futbolchi ekanini, jamoaga qanday ta'sir o'tkaza olishini va undan oldingi xizmatlarini hisobga olgan holda tarkibga jalb etgandik. Unga qo'limizdan kelgancha yordam berishga urindik.
Men u bilan Dubayda, Rimda ko'rishdim. Operatsiya bo'yicha ham barcha malakali mutaxassislarni jalb qildik. Lekin uning asosiy muammosi biz o'ylagan va e'tibor qaratgan tizzasi emas, balki bel qismi bilan bog'liq edi.
Aynan shu muammo uning jahon chempionatida qatnashishiga yo'l qo'ymadi. Toshkentdagi o'yinidan keyin ham uning tizzasi bo'yicha farq borligi sezildi. Shu sababdan biz uni yana tibbiy ko'rikdan o'tishi uchun Dubayga yuborgandik», — dedi O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.
Avvalroq Kannavaro jurnalistlarga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi