Bugun
11
O'zbek

Blatter FIFA prezidentligiga ayol nomzodni tavsiya qildi

Futbol
5 avgust, 04:00
Sobiq rahbar Infantino o‘rniga Norvegiya futboli rahbarini munosib nomzod deb hisoblamoqda.
Blatter FIFA prezidentligiga ayol nomzodni tavsiya qildi
Foto: Getty Images

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter xalqaro futbol tashkilotiga yangi rahbar sifatida Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lise Klaveness nomzodini ilgari surdi.

Blatterning fikricha, FIFAda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun keskin o‘zgarishlar va yangi boshqaruv zarur.

«Lise Klaveness eng yuqori hurmatga loyiq inson. U doimo o‘z prinsiplariga sodiq qolgan va hech qachon oqim bo‘ylab suzmagan. Menimcha, FIFAni endi ayol boshqaradigan vaqt keldi», — deb yozdi Blatter X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Janni Infantino Marokashda FIFA rahbariyatining favqulodda yig‘ilishini chaqirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. UEFA, KONKAKAF va OFK rahbariyatga ishonchsizlik bildirgan hamda FIFA prezidentligi uchun muqobil nomzod izlashni boshlagani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, agar Janni Infantino lavozimida qoladigan bo‘lsa, UEFA, KONKAKAF va OFK tarkibidagi ayrim davlatlar FIFA musobaqalarini boykot qilish ehtimolini ham istisno etmayapti.

Bugungi yangiliklar