Madridning «Real» klubi futbolchisi Franko Mastantuono yaqin kunlarda Italiyaning «Fiorentina» jamoasiga o‘tishi mumkin.
The Touchline xabariga ko‘ra, 18 yoshli argentinalik futbolchi ijara asosida Florensiya klubiga o‘tishga bir qadam qolgan.
Hozirda tomonlar bitimning so‘nggi tafsilotlarini, xususan, futbolchining maoshining qaysi qismini «Fiorentina» o‘z zimmasiga olishini muhokama qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Mastantuononing o‘zi ham ushbu transferga rozilik bergan. Bunga «Fiorentina» unga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlagani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Franko Mastantuono 2025 yil yozida Argentinaning «River Pleyt» klubidan «Real» safiga kelib qo‘shilgan edi. 14 avgust kuni u 19 yoshga to‘ladi. O‘tgan mavsum «Fiorentina» A Seriyani 15-o‘rinda yakunlagan.