Bugun
11
O'zbek

«Inter» Chalxono'g‘li bo‘yicha qarorini qabul qildi

Futbol
5 avgust, 02:15
Milan klubi turkiyalik yarimhimoyachini yozda qo‘yib yubormaydi.
«Inter» Chalxono'g‘li bo‘yicha qarorini qabul qildi
Foto: Getty Images

«Inter» yarimhimoyachisi Hakan Chalxono'g‘li yozgi transfer oynasida jamoani tark etmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetsa-da, Milan klubi uni ayni transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti.

Aksincha, «neradzurri» Chalhanog‘lu bilan yangi shartnoma masalasini mavsum o‘rtalarida — dekabr yoki yanvar oylarida muhokama qilishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Hakan Chalxono'g‘li 2021 yildan buyon «Inter» safida to‘p tepmoqda. 32 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar