«Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Matteo Moretto xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi avvalroq «Inter»ga o‘tishga og‘zaki rozilik bergan. Biroq Milan klubi transferni yakunlash uchun avval tarkibidagi ayrim futbolchilarni sotishi kerak.
Shu vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan Madridning «Atletiko» klubi 28 yoshli himoyachini o‘zining ustuvor transfer maqsadiga aylantirgan.
Biroq «matraschilar» ham Romero transferini amalga oshirishdan oldin tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashishi lozim.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» Kristian Romeroni taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Jahon chempioni hisoblangan argentinalik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.