Bugun
11
O'zbek

Vinisius: «Mourinyo mendan o‘zim bo‘lib qolishimni so‘radi»

Futbol
5 avgust, 00:00
«Real» vingeri yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Vinisius: «Mourinyo mendan o‘zim bo‘lib qolishimni so‘radi»
Foto: Getty Images

«Real» hujumchisi Vinisius Junior mavsumoldi yig‘ini va Joze Mourinyo bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchining aytishicha, yangi murabbiy undan o‘z uslubini o‘zgartirmaslikni so‘ragan.

«Hammasi juda yaxshi o‘tdi. Yangi murabbiy va yangi futbolchilar bilan tanishdim, astoydil mashg‘ulot qildim. Joze Mourinyo mendan doim qanday bo‘lgan bo‘lsam, shunday qolishimni — baxtli, xushchaqchaq bo‘lishimni va o‘z futbolimni o‘ynashimni istaydi.

Jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Shunda mavsum davomida jarohatlar kamroq bo‘ladi va har bir futbolchiga tayanishimiz mumkin. Kecha ikkita, bugun esa bitta mashg‘ulot o‘tkazdik. Bugun sport zalida ishladik va oyoqlarga yuklamani oshirish uchun qisqa mashqlar bajardik. Mashg‘ulot juda yaxshi o‘tdi, juda charchadik, endi esa ertangi kun uchun dam olish vaqti keldi», — dedi Vinisius «Real» rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, avvalroq OAV «Real» Vinisius bo‘yicha 150 million yevrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar