«Barselona» hujumchisi Ferran Torresning kelajagi Ispaniya futbolidagi eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
El Larguero xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Hans-Diter Flik futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi bilanoq u bilan shaxsiy suhbat o‘tkazishni rejalashtirgan.
Manbaga ko‘ra, Ferranning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Agar tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelisha olmasa, «Barselona» futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Klub rahbariyati ham vaziyatga imkon qadar tezroq aniqlik kiritishni istamoqda. Kataloniyaliklar Ferran klubni tark etish istagini bildirgan taqdirdagina transfer takliflarini ko‘rib chiqadi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda Ferran Torresga «PSJ» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.