Bugun
11
O'zbek

Modrich nega «Milan»da qolganini tushuntirdi

Futbol
5 avgust, 01:00
Xorvatiyalik faxriy yarimhimoyachi klub bilan yangi sovrinlar yutishni maqsad qilganini aytdi.
Modrich nega «Milan»da qolganini tushuntirdi
Foto: Getty Images

«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich nima sababdan klub bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Jahon chempionati boshlanishidan avval 40 yoshli futbolchi mundialdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq iyul oyida u «rossonerilar» bilan 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

«Menda hech qanday shubha yo‘q edi — boshidanoq «Milan»da qolishni xohlaganman. Shartnomani dekabr oyidayoq uzaytirishim mumkin edi, ammo mavsum oxirigacha kutishga qaror qildim. Tanam o‘zini qanday his qilishi va futbolga bo‘lgan ishtiyoqim o‘zgarmaganini bilishni istadim», — dedi Modrich Sky Sport nashriga.

Xorvatiyalik futbolchi «Milan»ga faqat sovrinlar yutish uchun kelganini ham ta’kidladi.

«Men bu yerga shunchaki zavqlanish uchun kelmaganman. «Milan» bilan g‘alaba qozonishni xohlayman. Maqsadim — jamoaga A Seriya chempionligi yoki boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam berish.

Ko‘plab futbolchilarning jamoada qolganidan xursandman. Klub yangi futbolchilarni ham olib keldi va ular tarkibimizni yanada kuchaytirishiga ishonaman. Umumiy muvaffaqiyat uchun har bir futbolchining hissasi muhim bo‘ladi», — dedi tajribali yarimhimoyachi.

Ma’lumot uchun, Luka Modrich 2025 yilning yozida Madridning «Real» klubidan «Milan» safiga ko‘chib o‘tgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar