Bugun
11
O'zbek

Saloh – "Trabzonspor" futbolchisi (Romano)

Futbol
4 avgust, 22:00
Misrlik yulduz faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi.
Saloh – "Trabzonspor" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Muhammad Salohning "Trabzonspor"ga transferi to'liq yakunlandi. Turkiya klubi futbolchi bilan kelishuvga erishilganini rasmiy tasdiqladi.

Misrlik hujumchi "Liverpul" bilan xayrlashgach, erkin agent maqomida turk klubi safiga qo'shildi.

Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi.

Ma'lumot uchun, Muhammad Saloh "Liverpul" safida klub tarixidagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylandi. U mersisaydliklar bilan Angliya Premer ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Liga kubogi va Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati kabi qator nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan. Endi 34 yoshli hujumchi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar