Live
4
O'zbek

«Trabzonspor» Saloh bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
4 avgust, 10:44
Tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
«Trabzonspor» Saloh bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«Trabzonspor» klubi hujumchi Muhammad Saloh bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunjog‘li ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Misrlik 34 yoshli forvard 5 avgust kuni Gretsiyadan Istanbulga «Trabzonspor» tomonidan yuboriladigan shaxsiy samolyotda uchib keladi. Keyin esa transferni yakunlash maqsadida Trabzonga yo‘l olishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Turkiya klubi Saloh uchun yiliga 17 million yevro maosh, turli bonuslar hamda liboslar sotuvdan foiz olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad «Liverpul»ni tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar