«Nyukasl» klubi «Borussiya D» yarimhimoyachisi Feliks Nmechani o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda L'Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qarğalar» germaniyalik futbolchini «Arsenal»ga o'tish arafasida turgan Bruno Gimaraesning munosib o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq Nmechaga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda edi, degan xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Feliks o'tgan mavsumda «asalarilar» safida barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.