“Nottinghem Forest” klubi “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Teani Reindersni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “shaharliklar” xavbeki “o'rmonchilar”ning transfer ro'yxatidan joy olgan.
Avvalroq unga “Nyukasl” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Reinders o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.