«Manchester Siti» yarimhimoyachi Rodrining transferi bo‘yicha «Real» bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Angliya klubi 30 yoshli ispaniyalik uchun kurashga «Barselona» qo‘shilishiga ishonadi.
Angliya klubi «qaymoqranglilar» bilan muzokaralarni «muzlatib» qo‘ydi, chunki futbolchi uchun poygada kataloniyaliklarning faollashishini kutmoqda. Rodri «Real»ni afzal ko‘radi, ammo uning yakuniy qarori vaziyatni «Barselona» foydasiga o‘zgartirib yuborishi hech gap emas.
Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.
«Barselona»ning qiziqishi Frenki de Yongning jarohati va yarimhimoyani kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq.