Live
1
O'zbek

«Real» Diomande transferini tezroq yakunlamoqchi

Futbol
4 avgust, 07:22
Madrid klubi futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishini va «Leypsig» bilan Avstriyaga ketmasligini istamoqda.
«Real» Diomande transferini tezroq yakunlamoqchi
Foto: Getty Images

«Real» «Leypsig» himoyachisi Yan Diomandeni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida klublar o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Madrid klubi transferni imkon qadar tezroq yakunlashni istamoqda. «Real» Diomandening tez fursatda tibbiy ko‘rikdan o‘tishini va «Leypsig»ning Avstriyadagi yig‘iniga jo‘nab ketmasligini maqsad qilgan.

Manbaga ko‘ra, muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilmoqda va kelasi 24 soat transfer taqdiri uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Real» yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan va Yan Diomande klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar