Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida Myunxenning «Bavariya» klubi mezbon «Chejyu Yunayted» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisob 12-daqiqada Felipe Chavesning goli evaziga ochildi. Oradan uch daqiqa o‘tib Li Chan Min muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Bastyan Assomo Joau Palyinyaning uzatmasidan unumli foydalanib, «Bavariya»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va Myunxen klubi 2:1 hisobida zafar quchdi.
O‘rtoqlik bahsi
Chejyu Yunayted - Bavariya 1:2
Gollar: Chaves 12 (0:1), Li Chan Min 15 (1:1), Assomo 41 (1:2).