Live
3
O'zbek

«Bavariya» yozgi transferlarni yakunladi

Futbol
30 iyul, 04:27
Maks Eberl klub boshqa yangi futbolchi xarid qilmasligini tasdiqladi.
«Bavariya» yozgi transferlarni yakunladi
Foto: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl yozgi transfer oynasida Myunxen klubi boshqa yangi futbolchilarni xarid qilmasligini ma’lum qildi.

Klub rahbari jamoaning transfer ishlari yakunlanganini va so‘nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

«Nene Braun va Ismoil Saibarining transferlarini juda tez yakunladik. Shundan keyin transferlar bilan ishimiz tugagani ayon edi. Biz bilan bog‘lanayotgan futbolchilar haqidagi xabarlarni o‘qib kuldim. Ularning barchasi mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — dedi Eberl.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» yozgi transferlar oynasida Nene Braun va Ismoil Saibarini o‘z safiga qo‘shib, tarkibni kuchaytirgan edi. Endilikda klub yangi mavsumni amaldagi tarkib bilan boshlashni rejalashtirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar