Bugun
17
O'zbek

«Real»dan na xat keldi, na qo‘ng‘iroq bo‘ldi» — «Bavariya» rahbari Olise borasidagi mish-mishlarga izoh berdi

Futbol
28 iyul, 08:34
Myunxen klubi fransiyalik vingerning jamoada qolishini tasdiqladi.
«Real»dan na xat keldi, na qo‘ng‘iroq bo‘ldi» — «Bavariya» rahbari Olise borasidagi mish-mishlarga izoh berdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Dreesen Maykl Olisening kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, klub rahbari fransiyalik vinger «Bavariya»ni tark etmasligini ta’kidladi va «Real» tomonidan hech qanday rasmiy murojaat bo‘lmaganini ma’lum qildi.

«Olise jamoada qoladi. «Real»dan bizga na xat, na faks, na qo‘ng‘iroq keldi. Asl haqiqatni bilgan holda qancha mish-mishlar tarqalayotganini kuzatish qiziq. Tan olaman, bu haqdagi savollarning sanog‘ini ham yo‘qotdim», — dedi Dreesen.

Ma’lumot uchun, Maykl Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar