Live
4
O'zbek

Pardyu: «Arsenal»ning hozir bitta zaif nuqtasi bor»

Futbol
28 iyul, 10:37
«Nyukasl» klubi sobiq ustozi London klubining braziliyalik vingerga bo‘lgan qiziqishi borasida fikr bildirdi.
Pardyu: «Arsenal»ning hozir bitta zaif nuqtasi bor»
Foto: Getty Images

«Nyukasl» klubi sobiq bosh murabbiyi Alan Pardyu Londonning «Arsenal» jamoasining braziliyalik vinger Vinisius Juniorga bo‘lgan qiziqishi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu shunchaki ajoyib transfer bo‘ladi. Menimcha, u amalga oshadi. Futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bir yilgina vaqt qolgan, «Real» esa hali ham u bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmadi.

Londonliklarning hozir bitta zaif nuqtasi bor – bu hujumning chap qanoti. Agarda men jamoa bosh murabbiyi bo‘lganimda, Vinisius singari vingerni qo‘lga kiritishni istagan bo‘lardim. «Arsenal»da qolgan hammasi bor», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro.

Ma’lumot uchun, braziliyalik vingerning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.

Transfrmarket portali Vinisius Juniorning aktual transfer narxini 140 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar