Live
5
O'zbek

Vozinya yangi klubida qancha maosh olishi ma’lum

Futbol
28 iyul, 11:12
OAV JCH-2026da mashhurlikka erishgan tajribali posbonning yangi ish joyidagi oylik maoshini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Vozinya yangi klubida qancha maosh olishi ma’lum
Foto: Getty Images

OAV yaqinda Chilining «Kolo-Kolo» klubi bilan shartnoma imzolagan darvozabon Vozinyaning maoshi borasida ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vozinya oyiga 47 mln Chili pesosida maosh oladi — bu 49,8 ming AQSH dollari degani.

Taqqoslash uchun, futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan «Kolo-Kolo» yarimhimoyachisi Arturo Vidal oyiga 114 mln peso, ya’ni 120 ming AQSH dollari miqdorida maosh oladi.

40 yoshli Vozinya AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan JCH-2026da Kabo-Verde milliy jamoasi tarkibidagi o‘yinlari orqali mashhurlikka erishdi.

Eslatib o‘tamiz, yozda, mundial arafasida 40 yoshli golkiperning Portugaliyaning ikkinchi divizioni vakili «Shavish» klubi bilan shartnomasi yakunlangan edi va u yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kabo-Verde Kabo-Verde
Bugungi yangiliklar