Italiya futbol federatsiyasi Klaudio Raniyerining milliy jamoa texnik direktori etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.
Federatsiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 74 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda Paolo Maldinining o‘rnini egalladi.
Qayd etilishicha, Maldini bu vazifada atigi 16 kun ishlagan. U Italiya milliy jamoasiga yangi bosh murabbiyni tayinlash jarayonidagi muvaffaqiyatsizlik ortidan yuzaga kelgan ichki mojaro sabab lavozimini tark etgan.
Raniyerining so‘nggi ish joyi «Roma» bo‘lib, u 2025 yil iyulidan 2026 yil apreligacha klub boshqaruvi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Bundan avval esa, 2024 yil noyabridan 2025 yil iyunigacha Rim klubini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roberto Manchini Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib rasman tayinlangandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi