Bugun
17
O'zbek

«Manchester Siti» Gvardiol bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
28 iyul, 08:25
Xorvatiyalik himoyachi 2031 yilgacha klub safida qoladi.
«Manchester Siti» Gvardiol bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachi Yoshko Gvardiol bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, Xorvatiya milliy jamoasi futbolchisi 2031 yilning yoziga qadar «shaharliklar» safida to‘p tepadi.

Qayd etilishicha, yozgi transferlar oynasi davomida Gvardiolga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq yangi shartnoma bilan futbolchining kelajagi rasman oydinlashdi.

Ma’lumot uchun, Yoshko Gvardiol 2023/24 yilgi mavsumdan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsum APLda 18 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar