Bugun
17
O'zbek

Rasman: Zinedin Zidan — Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi

Eksklyuziv
28 iyul, 05:22
Afsonaviy fransuz bu lavozimda hamyurti Dide Deshamning o‘rnini egallaydi.
Rasman: Zinedin Zidan — Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Bu haqda Fransiya futbol Federatsiyasi o‘zining rasmiy sayti orqali xabar berdi.

Afsonaviy Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi etib rasman tayinlandi.

Murabbiy bu lavozimda vatandoshi Dide Deshamni almashtirdi.

Avvalroq Zidanning milliy jamoa bilan shartnomasi 2030-yilgi jahon chempionatigacha, ya’ni to‘rt yilga mo‘ljallanishi xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan bosh murabbiy sifatida Madridning «Real» klubida ishlab, tarixda ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan birinchi murabbiy bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Fransiya milliy jamoasi yarimfinalda bo‘lajak chempion Ispaniyaga, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Angliya milliy jamoasiga imkoniyatni boy berib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar