Bugun
17
O'zbek

Iroqlik hujumchi Ayman Husayn "Paxtakor" bilan shartnoma imzolaydi — manba

Futbol
28 iyul, 02:05
Uning maoshi yiliga 1 million dollar bo'lishi kutilmoqda.
Iroqlik hujumchi Ayman Husayn "Paxtakor" bilan shartnoma imzolaydi — manba
Foto: Getty Images

Iroq milliy jamoasi hujumchisi Ayman Husayn "Paxtakor" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi Iraq Football Podcast sahifasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, iroqlik futbolchi "sherlar" bilan 1+1 ko'rinishidagi bitimga imzo chekadi. Shuningdek, uning maoshi yiliga 1 million dollar bo'lishi kutilmoqda. Ayman payshanba kuni rasmiy hujjatlarni imzolash uchun Toshkentga uchib keladi.

Ma'lumot o'rnida, "Paxtakor" o'tgan mavsum Superligada 2-o'rinni qo'lga kiritgan holda Elit Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. Jamoa 11 avgust kuni Iordaniyaning "Al Husayn" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

105+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar