O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bahs FIFA kunlari doirasida tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 2027 yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoa yana bir nechta o‘rtoqlik bahslari o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi