"Paxtakor"ning OFK Elit Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Iordaniyaning "Al Husayn" klubiga qarshi o'tadigan uchrashuvi boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko'ra, bahs 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Bellashuv "sherlar"ning uy stadion bo'lmish "Paxtakor" o'yingohida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv g'olibi Osiyo Elit Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo'llanma oladi.
Ma'lumot o'rnida, "Al Husayn" o'tgan mavsum Iordaniya chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgandi. "Paxtakor" esa O'zbekiston futbolidagi eng sovrindor klublardan biri bo'lib, o'tgan mavsum Superligada 2-o'rinni egallagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi