Bugun
28
O'zbek

«Surxon» Chinedu bilan shartnomani uzaytirib, uni «Paxtakor»ga ijaraga berdi

Futbol
9 iyul, 05:30
Stefan termizliklar safida 14 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
«Surxon» Chinedu bilan shartnomani uzaytirib, uni «Paxtakor»ga ijaraga berdi
Foto: PFC Surxon

«Surxon» futbolchisi Stefan Chinedu bilan amaldagi shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirdi va forvard «Paxtakor»ga ijaraga berildi. Bu haqda termizliklar matbuot xizmati xabar berdi.

«Jamoamiz hujumchisi Stefan Chinedu bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar uzaytirildi. Shuningdek, tomonlar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, nigeriyalik hujumchi 2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijara asosida «Paxtakor» futbol klubida faoliyat olib boradi.

Ma'lumot uchun, Stefan jamoamiz safida jami 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bor ishg'ol qildi hamda o'zining samarali o'yinlari bilan muxlislar e'tiborini qozondi.

Jamoamiz Chineduga klubimiz safidagi fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildiradi», — deyiladi xabarda. Avvalroq «Surxon» 4 nafar futbolchi bilan xayrlashgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Bugungi yangiliklar