«Milan» va «Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messining o'yiniga yuqori baho berdi.
«Messi — tarixdagi eng buyuk futbolchi. Albatta, yosh o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Unda tengsiz texnik mahorat va haqiqiy futbol iste'dodi bor.
U endi avvalgidek to'pni olib, uch nafar futbolchini aldab o'tib gol uradigan Messi emas.
Shunga qaramay, u hali ham jamoasi uchun hal qiluvchi futbolchi bo'lib qolmoqda. Garchi ushbu Jahon chempionatida ikkita penaltini golga aylantira olmagan bo'lsa ham, biz uning futbol uchun qilgan ishlari uchun doimo minnatdor bo'lishimiz kerak.
Messi hozir Erling Holand va Kilian Mbappedan keyin turadimi? Holand — bu ulkan jismoniy kuch, Mbappe esa tezlik va texnikaning uyg'unligi. Messi esa hamon ajoyib harakatlarni namoyish etmoqda, biroq u endi o'zining eng yaxshi davridagi Messi emas.
Shunday bo'lsa-da, u bizni yillar davomida o'z futbolidan zavqlantirdi. Misrga qarshi bahsda bo'lgani kabi, hal qiluvchi vaziyatlarda u yana o'z so'zini ayta oldi», — deya Kapelloning so'zlarini Mundo Deportivo nashri keltirdi.