«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl» yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes transferini amalga oshirish uchun shaxsan tashabbus ko'rsatmoqda.
Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi yaqin kunlarda «Nyukasl»ga yangi taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Biroq transferning amalga oshishi, avvalo, ingliz klubining pozitsiyasiga bog'liq bo'ladi.
Qayd etilishicha, futbolchining shaxsiy shartlarini kelishish muammo tug'dirmaydi. Tomonlar bu borada prinsipial kelishuvga erishishga yaqin.
Romano ma'lumotiga ko'ra, muzokaralarda hech qanday vositachi ishtirok etmayapti. Transfer ustida futbolchining agentlari — Juliano Bertoluchchi, Kia Jurabchian va Aleksis Malavolta bevosita ishlamoqda.