Bugun
28
O'zbek

JCH-2026. Opta talqiniga ko‘ra chorakfinal bosqichi doirasidagi bahslar uchun taxminlar e'lon qilindi

Futbol
9 iyul, 04:30
Keyingi bosqichga chiqish uchun eng yuqori foiz Fransiya milliy jamoasiga berilgan.
JCH-2026. Opta talqiniga ko‘ra chorakfinal bosqichi doirasidagi bahslar uchun taxminlar e'lon qilindi
Foto: Getty Images

Opta statistik portali 2026 yildagi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi bahslar uchun taxminlarini e'lon qildi.

Keyingi bosqichga chiqish uchun eng yuqori foiz Fransiya milliy jamoasiga berilgan (74 foiz). Eng teng va oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan qarama-qarshilik esa Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi uchrashuv deb baholangan.

Yarimfinalga chiqish ehtimoli:

  • Fransiya — 74% | Marokash — 26%;
  • Ispaniya — 70% | Belgiya — 30%;
  • Argentina — 69% | Shveytsariya — 31%;
  • Angliya — 62% | Norvegiya — 38%.

Avvalroq Fransiya Opta taxliliga ko‘ra 2026 yildagi jahon chempionati g‘olibligiga asosiy da'vogar ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar